Qashqadaryoda ham jamoat transportlarining harakati to‘xtatildi

Jamiyat

image
Karantin vaqtida talabalarga stipendiya to‘lanadimi? north_east

Karantin vaqtida talabalarga stipendiya to‘lanadimi?

Qashqadaryo viloyatida koronavirus tarqalishi ortidan profilaktika choralari kuchaytirilgani sababli jamoat transportlarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

“Bugun, 23 martdan boshlab Qashqadaryo viloyati hududida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashuvchilar tomonidan yo‘nalishli marshrutlar (avtobuslar, mikroavtobuslar, Damas)da qatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi”, deyilgan Qashqadaryo viloyati transport boshqamasi xabarida.

Yo‘nalishsiz taksi haydovchilaridan transport vositasini dezinfeksiya qilib faoliyatga chiqishlari, yo‘l kira narxini asossiz oshirib yubormaslik so‘ralgan.

Avvalroq, Toshkent shahrida jamoat transportlarining harakati to‘xtatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing