XVJ O‘zbekistonga 375 mln dollar ajratishni tasdiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorlar kengashi Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish uchun 375 million AQSH dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablag‘lari ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Mazkur mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi. XVJ tomonidan imtiyozli qarz mablag‘larini ajratishda an’anaviy ravishda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlar tahlil qilindi.

XVJ tomonidan e’lon qilingan hisobotda koronavirus pandemiyasining respublika iqtisodiyotiga salbiy ta’siri natijasida YAIMning o‘sish sur’atlari 1,5 foizgacha pasayishi prognoz qilingan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati yuqori darajada saqlab qolinayotgani ta’kidlab o‘tilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining global inqiroz va Koronavirus pandemiyasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha olib boriyotgan siyosatlari xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli tashqi qarz jalb qilishda qulay imkoniyatlar bermoqda”, deya qayd etgan Jamshid Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Jamshid Qo'chqorov XVJ

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing