Yana 5 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
17 may 2020
95842020 yil 17 may soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 nafarga ortib, 2746 nafarni tashkil qilmoqda. Bugun qayd etilgan 8 nafar yangi kasallanish holatlari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. Bu haqda bugun,17 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ayni paytda sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilib, 2245 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Kasallanganlarning 12 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi