Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2260
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida davlat rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida o‘tgan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
O‘zbekiston yetakchisi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va ko‘p tomonlama sheriklik natijadorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Live
Barchasi