Mirziyoyevning Tojikistonga safari yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kuni kecha O‘zbekiston rahbari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgan. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Yetakchilar birgalikda “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturini tomosha qilgan.

“Bugun Prezidentimiz Tojikiston Parlamenti quyi palatasi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda va Bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazdi”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, davlat rahbarlari O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib bergan hamda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishgan.

Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Prezident Imomali Rahmon kuzatib qo‘ygan. Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston safar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing