Mirziyoyevning SHHT sammitidagi nutqi, Prezidentlik vakolatlarini topshirgan Erdo‘g‘an, O‘FA rahbarligiga kelgan Ermatov va kunning eng muhim hodisalari sharhi
Jamiyat
−
14 iyun 2019
4366Shavkat Мирзиёевни Dushanbeda Imomalining o‘g‘li va Bosh vazir kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan so‘ng Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali kutib oldi.
Sammitda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etadi.
Rasman: Ravshan Ermatov O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi.
Bugun, 14 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Yig‘ilishda FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi.
Ixtiyor Abdullayev va Bahodir Dehqonovga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev, uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga qarshi jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘doshevga asosan xabar berdi.
Erkin Yo‘doshevning qayd etishicha, mazkur ish bo‘yicha jami 10 yaqin mansabdor tergov qilinyapti. Ularning orasida Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov ham bor.
“Tergov jarayonida qator yuqori davlat organlari mansabdor shaxslari ishlari ko‘rilayotgani tufayli tergovni yopiq tarzda olib borishga qaror qilingan”, dedi Erkin Yo‘ldoshev.
Tadbirkor Murod Nazarov tergovga tortildimi? Bosh prokuratura aniqlik kiritdi.
Bundan bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda va odamlar orasida o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad buildings” qurilish shirkati ta’sischisi Murod Nazarov tergov qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ muxbiri “Murad buildings” qurilish shirkati ta’sischisi Murod Nazarov bilan bog‘landi.
"Odamlarga hayronman. O‘zi biror gapni o‘ylab topadi, yana o‘zi o‘sha gapga ishonadi. Men ishimni davom ettiryapman, ayni vaqtda juda katta loyihalar ustida ishlayapmiz. Men nima ish qilibmanki, tergovga tortilsam. Ayni vaqtda Rossiyadagi Skolkovo biznes maktabida o‘qiyapman. Toshkentda ishimiz ko‘p, juda katta loyiha ustida ishlayapmiz", deydi Murod Nazarov.
Samarqandda fuqaro ikki kishini ayovsiz do‘pposlab, ulardan birini o‘ldirib qo‘ydi.
13 iyun kuni Samarqand tumanida yashovchi 47 yoshli X.R. tanishi 57 yoshli O.A.ga tegishli Shirinobod MFYda joylashgan dala hovlisida o‘zaro janjalashib, O.A va shu yerda bo‘lgan uning yana bir tanishi 44 yoshli B.B.larning tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada O.A. shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. B.B. shifoxonaga yotqizilgan. X.R. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bishkekda SHHT sammiti boshlandi. Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yig‘ilishda mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida biznes sohasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratdi.
“Biz SHHTga a’zo davlatlar ishbilarmonlar doiralari o‘rtasida har yili forumlar o‘tkazish orqali hamkorlikni kengaytirishni taklif qilamiz. Bunday sammitning birinchisini o‘zimizda, Samarqandda o‘tkazishga tayyormiz”, dedi Mirziyoyev.
Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada homilador ayollar yo‘laklarga yotqizilgani rostmi? SSV ma’lumot berdi.
Bir necha kun oldin bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda Nishon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limida ahvol achinarli ekani, ayollar va bolalar shifoxona yo‘laklarida yotib davolanayotgani aks etgan material va suratlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Unga ko‘ra o‘tkazilgan surishtiruvlar jarayonida haqiqatan ham 11 iyun kuni bemorlar bo‘limdagi o‘rinlariga joylashguniga qadar o‘zlari va yaqin qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olgani ma’lum bo‘ldi”, deydi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Shavkat Amirov.
Ushbu holat bo‘yicha sovuqqonlikka yo‘l qo‘yganlarga choralar ko‘rilgan.
OLAM
Erdo‘g‘an Prezidentlik vakolatlarini vitse-prezidentga topshirdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z vakolatlarini mamlakat vitse-prezidenti Fuat O‘ktayga topshirdi. Davlat rahbari kecha, 13 iyun kuni vakolatlarini vitse-prezidentga yuklatish bilan bog‘liq qarorni imzolagan.
Gap shundaki, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 15 iyun kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun bugun, 14 iyun kuni Tojikistonga jo‘nab ketadi. Shu bois davlat rahbari o‘z vakolatlarini vitse-prezidentga topshirgan. Prezident qarorida shunday deyiladi:
LiveBarchasi