Mirziyoyevning RFga qachon borishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrifni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing