Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
29 mart
2826O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi tadbirlar dasturi doirasida Olmaota shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayev norasmiy uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Yetakchilar "Medeu" tog‘-chang‘i klasteri faoliyati bilan tanishdi, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari, ikki mamlakat atoqli musavvirlarining rangtasvir va grafika asarlari ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdi.
Olmaota xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.
LiveBarchasi