Mirziyoyevning qasamyod qilish kuni ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 iyul 2023
17686O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning saylangan Prezident Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi ertaga, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan 7 yil muddatga saylandi. Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasidan so‘ng uni Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Xitoy, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Armaniston yetakchilari tabrikladi.