Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi yakuniga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrif dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Mirziyoyev Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etgan.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

So‘ng O‘zbekiston rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashgan.

Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols raisligida o‘tgan “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi birinchi sammitda O‘zbekiston Prezidenti uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing