Mirziyoyev Qozog‘istonda. Prezidentni aeroportda To‘qayevning o‘zi kutib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga bordi.

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.  

Davlat rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 6 dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha  20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing