Mirziyoyev Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Suhbatda Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Qirg‘iziston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. 

Yaqinda muhim ikki tomonlama hujjatlar – Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma va Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim imzolangani va ratifikatsiya qilingani amaliy hamkorlikning chuqurlashishiga, davlatlar va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Davlat rahbarlari bo‘lajak muloqotlarning kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing