Mirziyoyev Yevrokomissiya raisi o‘rinbosarini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand sammiti doirasida Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekistonning YeI institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini, shu jumladan, mintaqaviy sheriklik formatida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Valdis Dombrovskis davlat rahbariga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning samimiy salomlarini yetkazdi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuvda o‘zaro muloqotlar va samarali almashinuvlar faollashgani, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik sur’ati oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekistonning YeI mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan 65 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar portfeli 20 milliard yevrodan ziyodni tashkil qilmoqda.

YeI institutlari bilan faol muloqotni, eng avvalo, iqtisodiy yo‘nalishda davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Bunda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi, “GSP+” preferensiyalar tizimida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar e’tibor markazida turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi Valdis Dombrovskis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing