Mirziyoyev YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi – Matviyenko
Jamiyat
−
02 Oktabr 2019
5214O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergan. Bu haqda Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Prezidenti qaror qabul qildi va hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi ishlab chiqilmoqda”, deydi Matviyenko.
U O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishi kechiktirmasdan amalga oshirilishiga umid bildirdi. Rossiya yevroosiyo oilasi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan mamnun bo‘lishini aytdi.
“Agar bu amalga oshsa, shubhasiz, juda ulkan ish bo‘ladi, chunki u xalqaro amaliyotga mos keladi va globallashuv jarayonlarini hisobga oladi”, deb qo‘shimcha qildi Spiker.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga qo‘shilgandan so‘ng, Rossiya ushbu mamlakat bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishini va “davlatlararo munosabatlarda mavjud bo‘lgan ma’lum to‘siqlar” olib tashlanishi ta’kidlab o‘tildi.
LiveBarchasi