Mirziyoyev Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi vakillari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
3481O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi vakillari bilan uchrashdi.
Tadbirda ushbu liganing qator a’zolari, jumladan, uning raisi - Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso ishtirok etdi.
Parlamentlararo aloqalar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligiga mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi aloqalar 1993 yilda o‘rnatilgan. Yaponiya parlamentida O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi tashkil etilgan. Uning tarkibiga taniqli siyosat arboblari, deputat va diplomatlar, eng asosiysi - mamlakatimizning chinakam va ishonchli do‘stlari kiradi.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz amaliy hamkorligini kengaytirish, O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari do‘stligini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Parlamentlararo forumning ikkita qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan.
Uning uchinchi majlisini Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
LiveBarchasi