Mirziyoyev yana Umra amalini ado etgani aytilmoqda (video)

Jamiyat

image

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 18 iyul kuni Umra ziyoratini amalga oshirgani aytilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar "Abdulhamid hoji" jome masjidi imom xatibi Jamoliddin Azimov o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. 

U sahifasiga “ka’bapo‘sh”ning yangilanayotgani aks etgan videoni joylashtirib, uning ostiga quyidagi izohni yozgan. 

“Darhaqiqat kecha esdan chiqmas tarixiy kecha bo‘ldi... Yutrboshimiz Muftiy hazrat va bir necha yordamchilar bilan Umra amalini bajardilar”, deydi Azimov.

U sahifasida suratlarni ham ilova qilgan. Unda ehrom kiygan Prezident Shavkat Mirziyoyev, Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovni ko‘rish mumkin. 

“O‘z yurting podshohi Ka’bani tavof qilyotganini ko‘rish va ortidan yurish, chinakam inson qalbiga surur zavq bag‘ishlar ekan”, deb yozgan Jamoliddin Azimov.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2022 yilning avgust oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Makka shahrida bo‘lib, Umra amallarini ado etgan edi. 

“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ham Umra ziyoratini amalga oshirib, Ka’baga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev esa Madinaga borib, Masjid an-Nabaviyni ziyorat qildi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Umra ziyorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing