Mirziyoyev yaxshi ishlamayotgan mutasaddi va hokimlarni tanqid qildi
Jamiyat
−
12 fevral 2024
13782Prezident Shavkat Mirziyoyev tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlarni yetarlicha ishlamayotganini tanqid qildi. Bu haqda davlat rahbari raisligida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ushbu yig‘ilishda yer va suv resurslari cheklangan sharoitda qishloq xo‘jaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.
Lekin, tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.
Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, o‘g‘it tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi