“Orolbo‘yida ahvol yomon deb ko‘pchilik gapiradi”. Mirziyoyev rahbarlarni nega Qoraqalpog‘istonga yuborganini aytdi
Jamiyat
−
23 fevral 2022
7759Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan viloyatlar hokimlari ushbu hududga safarbar qilingani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqda fuqarolar bilan uchrashib, hokimlar nega Qoraqalpog‘istonga yuborilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Orolbo‘yini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari muayyan viloyatlarga biriktirilgan. Prezident buning sababi va ahamiyatini tushuntirib bergan.
“Orolbo‘yida ahvol yomon deb ko‘pchilik gapiradi. Lekin hamma ham bu yerga kelib ko‘rmagan. Orolning havosidan nafas olishi, sharoitni ko‘rib, adolatli baho berishi uchun bu yerga butun respublikadan rahbarlarni yubordim. Qoraqalpog‘iston rivojiga katta mablag‘ yo‘naltiramiz”, degan Prezident.
LiveBarchasi