Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
19 avgust 2023 5570 1 daqiqa
Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi.
Bundan tashqari, tashrif davomida Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish hamda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlarini kuzatish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart