Mirziyoyev va Shols Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirdi
Jamiyat
−
16 Sentabr
3394Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Hanns Seidel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumot uchun, maktabning asosiy maqsad va vazifalari respublika hududlarida boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 sentyabr kuni Germaniya federal kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi. Prezident Mirziyoyev Sholsni Registon maydonida kutib oldi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi va rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Germaniya federal kansleri Olaf Shols bugun, 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
LiveBarchasi