Mirziyoyev va rafiqasi Pekinda tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2023 10139 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va mamlakat birinchi xonimi Pen Liyuan tomonidan tantanali kutib olindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham ishtirok etgan.

Tadbir davomida martabali mehmonlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etilgan, shuningdek, davlat va hukumat rahbarlari birgalikda suratga tushgan.
Ma’lumot uchun, forumning asosiy tadbirlari ertaga, 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgan edi. Uchrashuv avvalida O‘zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining o‘n yillik yubileyi bilan dildan qutlagandi.
Live
Barchasi