Mirziyoyev va Putin bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlab, kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashgan, do‘st xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq murakkab sharoitda davlatlar pandemiyaga qarshi kurashish, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda bir-biriga har tomonlama yordamlashgani va amaliy ko‘mak ko‘rsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Xabarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya imkoniyatlari faol o‘rganilmoqda.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyat va qiyinchiliklarga qaramay, barcha darajalardagi faol almashinuvlar davom ettirilgan. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sishiga erishildi, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

“Rossiya Federatsiyasi mamlakatimiz MDHga muvaffaqiyatli birinchi bor raislik qilishiga hamda O‘zbekiston Respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomi berilishiga salmoqli ko‘maklashdi”, deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga bundan buyon ham qat’iy intilishlari va bu borada birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishlarini tasdiqlagan.

Kelgusi yil rejasiga kiritilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olingan. O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mirziyoev

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing