Mirziyoyev va Makron Strategik sheriklik to‘g‘risidagi hujjatni qabul qildi
Jamiyat
−
12 mart 4628 2 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim almashildi.

Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:
- O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
- tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
- xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;
- musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
- Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;
- Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida Mirziyoyev va Makron o‘rtasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Prezidentlar Qo‘shma bayonot qabul qilgan, unda ikki davlatning o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish niyati qayd etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr