Mirziyoyev va Lukashenkoga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi
Jamiyat
−
07 fevral
9303Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Mirziyoyev va Lukashenko Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilgan. O‘yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, u Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, o‘zi ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.
"O‘zbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. 2019 yilda davlat rahbari tashabbusi bilan "Humo Arena" ko‘p funksiyali muz saroyi barpo qilingan edi. Toshkentning "Humo" jamoasi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, xususan, Belarusning Grodno shahri “Neman” klubi bilan bellashib kelmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8 fevral kuniga rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15