Mirziyoyev va Erdo‘g‘an uchrashuvi haqida O‘zbekiston tarafi rasmiy axborot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ushbu uchrashuv haqida rasmiy axborot berdi. 

“Davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston rahbarini mamlakatimizning Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilgani bilan samimiy tabriklab, bu qaror ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Muzokaralarda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Tursiya Prezidentlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing