Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 aprel kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida delegatsiya rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Kommunistik partiyasi Bosh kotibi To Lam, Prezidenti Luong Kuong va Bosh vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazgan.

“O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi qayd etilgan. Joriy yilda Xanoy shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.

Yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olingan. Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, shu jumladan vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Qo‘shma tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning ushbu nufuzli tuzilma raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungongdan iborat delegatsiyasini qabul qilib, Martin Chungongni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Chan Txan' Man V'etnam Milliy majlisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing