Mirziyoyev O‘zbekistonning bo‘lajak Bosh vaziri oldiga qanday vazifalarni qo‘ymoqda?
Jamiyat
−
20 noyabr
5886Bugun, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda O‘zbekiston Bosh vaziri masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Uning boshchiligida yangilanajak hukumat oldiga esa qator vazifalarni qo‘ymoqda. Asosiy vazifalar:
-
2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish;
-
Makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy o‘sish sur’atini 6-7 foiz atrofida ta’minlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, byudjet taqchilligi 3 foiz doirasida bo‘lishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish;
-
5 yilda kamida 100 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishga hamda yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga olib chiqib, unda tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizga yetkazishga erishishi lozimligi ta’kidlandi;
-
Xorijiy turistlar oqimini 5 yilda 15 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish;
-
Norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rag‘batlantirib, onlayn to‘lovlar ulushini 60 foizga yetkazish;
-
Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida asosiy chora-tadbirlar amalga oshirib, yaqin yillarda ushbu tashkilotga albatta a’zo bo‘lish;
-
2025 yilda 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish;
-
2030 yilgacha ishsizlikni xalqaro e’tirof etilgan daraja – 5-6 foizdan oshirmaslik;
-
Aholi soni ko‘payib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
-
Hukumatga 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
-
Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish
-
Vazirlar Mahkamasining investitsiya kompleksi kelgusi yilda iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 300 dan ziyod yirik loyihani ishga tushirishi va to‘liq quvvatlar bilan ishlashini ta’minlash;
-
Iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlash va energiya samaradorligini 2 karra oshirishga alohida e’tibor qaratish.
Mirziyoyev ushbu vazifalarni sanab o‘tar ekan, jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi o‘ta keskin va og‘ir sharoitda O‘zbekistonda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror o‘sishni ta’minlab, mana shunday marralarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish Hukumat uchun jiddiy sinov bo‘lishi tabiiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Bosh vazirlikka yana Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi