Mirziyoyev Umurzoqovga maxsus topshiriq berdi
Jamiyat
−
04 avgust 2022 31567 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazishi shart. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda unga shunday vazifa yukladi.
“Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi”, deydi Prezident.
Shuningdek, yig‘ilishda tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Live
Barchasi