Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 15 mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Sammit dasturi yakunida davlat rahbarlari Anqara deklaratsiyasini imzolaydilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turkiy Davlatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing