Mirziyoyev To‘qayevni tabrikladi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2022 7071 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ushbu mamlakatning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklar qardosh Qozog‘iston xalqining quvonchiga samimiy sherik ekanini ta’kidlab, Qosim-Jomart To‘qayevga mustahkam salomatlik, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Qozog‘iston xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va doimiy ravnaq tiladi.
Respublika kuni Qozog‘istonning asosiy va yagona milliy bayramidir. U 1990 yildan beri nishonlab kelinadi.
Live
Barchasi