Mirziyoyev To‘qayevga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
12 iyun 2023 13732 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga va qardosh Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi. Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyun kuni Qozog‘istonning Abay viloyatidagi Semey o‘rmon qo‘riqxonasida boshlangan yong‘in tufayli 14 kishi halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qozog‘istonda bugun, 12 iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun