Mirziyoyev To‘qayev bilan telefonda suhbatlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ikki tomonlama savdo hajmining o‘sish sur’atini ta’minlash, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlari, transport va logistika sohalarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi qo‘shma tadbirlarni faol o‘tkazish muhimligi qayd etilgan.

Muloqot yakunida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyom – Navro‘z munosabati bilan bir-birini chin dildan qutlab, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaganlar.

Suhbat har doimgidek ochiq va do‘stona ruhda o‘tgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing