Mirziyoyev To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, mamlakatlarning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik, tinchlik va ravnaq tilaganlar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

70

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing