Mirziyoyev To‘qayev bilan Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
15621Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarlari ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilganlar.
Koronavirus tarqalishi oqibatlarini tez fursatda yengib o‘tish maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari darajasida yaqindan muvofiqlashuv va faol almashinuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlar va hududlarning yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali kooperatsiyani kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazishga alohida e’tibor berilgan.
Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashilgan. O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirganlar.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni Qosim-Jomart To‘qayev pandemiyaning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazib, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegarada nazoratni kuchaytirishni aytgan edi.
LiveBarchasi