Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oqibatda Tramp o‘ng qulog‘idan yarador bo‘lgan. Mamlakat Federal qidiruv byurosi Oq uyning sobiq rahbariga uyushtirilgan suiqasdni Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirganini tasdiqladi. Marhum Kruks shtatning Batler shahrida Donald Tramp ishtirokidagi mitingda unga qarata o‘q uzgan. U miting joyidan taxminan 100 metr masofadagi qo‘shni bino tomidan turib, otish uchun AR-15 rusumli yarimavtomat miltiqdan foydalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing