Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
18 Aprel 2024 5655 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan bugun, 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr