Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Namangan vokzaliga kirib o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining ramziy darvozalaridan biri hisoblangan Namangan temir yo‘l vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yo‘l transporti xizmatini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida vokzalda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, korxona o‘z mablag‘i va O‘zmilliy bank kredit mablag‘larini yo‘naltirgan holda 24 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron ma’lumotlar markazi, kutubxona, milliy sovg‘alar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha bo‘limlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qo‘shimcha ravishda o‘ttiz uch o‘rinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yo‘l vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning o‘zida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yo‘lovchiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vokzal Farg‘ona vodiysi xalqa temir yo‘li bo‘ylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bog‘lanishida muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlanib Toshkentga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Mirziyoev

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing