Mirziyoyev ta’tilga chiqdi. Davlatga kim vaqtincha bosh bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Barchada birdek qiziqish uyg‘otadigan bir jihat bor: O‘zbekiston Prezidenti ta’tildaligida davlat ishlariga kim bosh bo‘ladi? Mamlakat qonunchiligida bu borada nimalar deyilgan?

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan ta’til beriladi.

Konstitutsiyaning O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti to‘g‘risidagi XIX bobida davlat rahbarining ta’tili haqida biror band keltirilmagan.

Bobdagi 96-moddada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining (hozirda Tanzila Norboyeva) zimmasiga yuklatilishi belgilangan, xolos.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bu Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida ikkinchi bor ta’tilga chiqishi. U 2019 yil avgust oyida ham ta’til olgandi. O‘shanda bu Shavkat Mirziyoyevning Bosh vazirlik va Prezidentlikdagi ilk ta’tili ekani ta’kidlangan. Ya’ni, Shavkat Mirziyoyev 17 yil ichida – 14 yil Hukumat rahbari va 3 yil davlat rahbari sifatida biror marta ta’tilga chiqmagan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2003 yil 13 dekabrdan 2016 yil 14 dekabrgacha Bosh vazir sifatida faoliyat yuritgan. 2016 yilda o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir bo‘lishdan avval Samarqand va Jizzax viloyatlariga hokimlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

7237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing