Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
16 noyabr 2023
8699O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi.
Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi.