Mirziyoyev Sloveniya parlamentining rahbari bilan uchrashdi

Olam

image
Lyublyanada O‘zbekiston-Sloveniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?  north_east

Lyublyanada O‘zbekiston-Sloveniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? 

Bugun, 22 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Milliy assambleyasi raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Sloveniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni shu jumladan ikki mamlakat parlamentlari darajasida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda parlamentlararo almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish uchun sohaviy qo‘mitalar darajasida parlamentlararo hamkorlik muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, gumanitar hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashda, jumladan, madaniyat va kino kunlari, ko‘rgazmalar o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvlarni rivojlantirishda parlamentlarning ko‘magi zarurligi aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, rasmiylar birinchi O‘zbekiston-Sloveniya parlamentlararo forumini deputatlar va ekspertlar hamjamiyati ishtirokida Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi. Parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga borgandi. Bugun, 22 may kuni esa Lyublyanadagi Kongress maydonida Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, Lyublyanadagi Prezident saroyida Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, Mirziyoyev Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sloveniya Urshka Klakochar-Zupanchich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing