Mirziyoyev Sholsni Registon maydonida kutib oldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Olaf Shols bilan Registon maydonidagi tarixiy obidalarni ziyorat qilgan.

Biroz oldin tashrif tashrif buyurgan Germaniya hukumati rahbari Olaf Sholsni Samarqand shahri aeroportida Bosh vazirning o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar kutib olgandi.

Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Sammitning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil may oyidagi Germaniyaga tashrifi davomida Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazgandi. 2023 yil sentyabr oyida Berlinda Olaf Shols raisligida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib borgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing