Mirziyoyev shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova bilan gaplashdi (video)

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 fevral kuni xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova bilan suhbatlashdi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbari uning O‘zbekistonga qaytganidan xursand ekanini bildirgan.

“Faqat kurashamiz. Ko‘rganimdan, tanishganimdan xursandman. Juda ko‘p yaxshi gaplar eshitganman”, degan Prezident grossmeysterga.

Uchrashuvdan so‘ng Tohirjonovadan nima sabab uni O‘zbekistonga qaytargani haqida so‘raldi. Shaxmatchi esa avvalo Mirziyoyevning sportga, ayol sportchilarga berayotgan e’tibori tufayli qaytganini aytgan.

“Birinchi navbatda Prezidentimizning sportga, ayniqsa sportchi qizlarga berayotgan e’tibori tufayli. Va umuman yoshlarga qaratilayotgan e’tibor kuchaydi. Menga ham qaytib kelishni taklif qilishgandi va qaytib keldim”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Tohirjonova 2021 yildan buyon AQSH terma jamoasi safida dona surib kelayotgandi. U 2023 yilda Amerikaning eng yaxshi ayol shaxmatchisi sovrini bilan taqdirlangan.

Qayd etish joiz, Tohirjonova o‘z vaqtida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati bilan nizolar sabab O‘zbekiston terma jamoasi a’zoligidan ketgan. U 2022 yil dekabr oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Gulruhbegim AQSH bayrog‘i ostida o‘z opasi Nafisa Mo‘minovaga qarshi dona surib, g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘p yillardan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasi safida shaxmat o‘ynab kelayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova yana O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gulruhbegim Tohirjonova xalqaro grossmeyster

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing