Mirziyoyev saylovdan keyin ilk tashrifni qaysi davlatga amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 18 iyul kuni Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz al Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun joriy yil 18-19 iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar Davlati, Kuvayt Davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon Sultonligi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning Bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning sammitda qatnashishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing