Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
6136O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyadan uchgan samolyoti bugun, 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib qo‘ndi.
"Pulkovo" xalqaro aeroportida davlat rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
MDH mamlakatlari yetakchilari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.
LiveBarchasi