Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
22 mart 5035 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 mart kuni Samarqand shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, davlat rahbari bugungi tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning avgust oyida Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida qatnashgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr