Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda quyidagi davlatlar rahbarlari ham qatnashadi: Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jomart To‘qayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Imomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bis)


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made