Mirziyoyev Rossiya va O‘zbekiston viloyatlari forumlari o‘z samarasini ko‘rsatganini aytdi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
5364Rossiya va O‘zbekiston o‘tkazayotgan mintaqalararo hamkorlik forumlari o‘z samaradorligini isbotlab, o‘zaro hamkorlikning jiddiy mexanizmiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytildi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumlari biz besh yil avval yo‘lga qo‘ygan hududlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ushbu mexanizmi o‘z samaradorligini isbotladi va bugun O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha istiqbolli g‘oyalar va amaliy takliflarni ishlab chiqish uchun jiddiy maydonga aylandi”, deyiladi murojaatda.
Uni mamlakat Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev o‘qib eshittirgan.
Prezident Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning yuqori dinamikasi bilan ajralib turdi, ularning rahbarlari darajasida aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
U Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biri bo‘lib qolayotganini, respublika hukumati tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida o‘zaro to‘siqlarni bartaraf etish va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ish olib borayotganini bildirgan.
Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoya kirituvchi davlat bo‘lib, sarmoya kiritish 10 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. Shuningdek, Rossiya O‘zbekistonning ikkinchi yirik tashqi savdo sherigi bo‘lib, joriy yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sib, 4,41 milliard dollarga yetdi.
LiveBarchasi