Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Rossiya yetakchisining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, shu jumladan qurilish tarmog‘ida va hududlarni rivojlantirish sohasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Qurilish sohasida keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ikki mamlakat tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida infratuzilma ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish shunday loyihalar jumlasidan.

Shuningdek, ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Marat Xusnullin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing