Mirziyoyev rafiqasi bilan Vengriyaga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga bugun, 3 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakat yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4 oktyabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

271

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing