Mirziyoyev Rahmonga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning singlisi – 64 yoshli Qurbonbiy Rahmonova vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Mahalliy OAVning mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, Rahmonova koronavirus infeksiyasiga chalinib, Tojikiston poytaxti Dushanbedagi 5-sonli klinik shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, bugun, 21 iyul kuni Rahmonova o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Tojikiston janubidagi Dang‘ara tumanida dafn etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni Imomali Rahmonning qaynonasi O‘zbekbiy Asadulloyeva ham koronavirusdan vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing